Rivojlanish strategiyasi
"Turonelektromontaj" AJning 2028 yilgacha rivojlanish
STRATEGIYASI
"Turonelektromontaj" AJning strategik maqsadlarga to‘liq erishish uchun bir-birini to‘ldiruvchi quyidagi asosiy maqsadlarga erishishni ta’minlaydi:
- Xizmat ko`rsatish va ishlab chiqarish ko'rsatkichlarining o'sishini ta'minlash;
- Xizmat ko'rsatilayotgan va ishlab chiqarish xizmatlarining yuqori sifatini saqlash;
- Moliyaviy barqarorlikni saqlash;
- Ishlab chiqarish va xizmat ko`rsatish xizmatlarning yangi turlarini tadbiq etish;
- Mehnat unumdorligini oshirish;
- Mijozlar doirasini kengaytirish (xorijiy investorlar);
- Jamiyat xizmatlarining raqobatbardoshligini oshirish;
- Jamiyat xizmatlarining ko‘rsatkichlari bo‘yicha sardorlik mavqeyini egallash.
- Ishlab chiqarish va xizmat ko`rsatishni rivojlanishida xorij bozorlari yetakchilarining strategiyalarga tayanish yo‘li bilan innovatsion-texnologik rivojlanishiga erishish;
- Ishlab chiqarish va xizmat ko`rsatish harajatlarni kamaytirish strategiyasini oqilona qo‘llash;
- Xodimlar bilan ishlash usullarini yanada takomillashtirish – jamoada ishlash, korporativ madaniyat, motivatsiya, o‘rta boshqaruv bo‘g‘inni malakalarini oshirish;
- Ishlab chiqarish va xizmat ko`rsatish faoliyatini va dasturiy ta'minotni rivojlantirish vositalarini ta'minlash uchun foydalaniladigan uskunalar parkini doimiy ravishda yangilashni amalga oshirish;
- Ishlab chiqarish va xizmat ko`rsatish faoliyatini amalga oshirishda, xavfsizlik va mehnatni muhofaza qilish qoidalariga qat'iy rioya qilish.
- Jamiyatning raqobatbardoshligini oshirish, insoniy va moddiy-texnika salohiyatidan maksimal darajada foydalanish maqsadida ob’ektlar, shuningdek, turdosh tarmoqlar qurilishida talab va taklifni aniqlash bo‘yicha doimiy bozor tadqiqotlari olib borish.
- Qurilish turlari, ularning maqsadi, mahalliy sharoitda zamonaviy texnologiyalar va yangi materiallardan foydalanish o'rganish.
- Sifat, me’yoriy muddat va qurilish tannarxini qisqartirishga alohida e’tibor qaratish
- Mahalliy va horijiy yetkazib beruvchilar va ishlab chiqaruvchilarni izlash.
- Payvandlash, beton ishlari, qurilish, montaj ishlari va ishlab chiqarilgan materiallarning sifatli o`rnatish.
- Qurilish va boshqaruvning ilg‘or usullarini joriy etish bo‘yicha rejalashtirilgan ishlarni amalga oshirish.
- Qurilish-montaj ishlarini asosan mustaqil ravishda amalga oshirish.
- Pudratchilarni, etkazib beruvchilarni tanlash mijozlar talablari asosida sifat, narx va muddatlarni baholash bilan amalga oshish.
- Ish sifati, qurilish muddati, narxi, shuningdek kafolatlar bo'yicha takliflarimiz, qoida bo’yicha, mijozlar talablariga javob berish.
- Pudrat ishlari dasturi doimiy ravishda buyurtmachilar bilan tuzilgan shartnomalar asosida shakllantirish.